Muhammad Saloh Azardan keyin APL bir mavsumida 15+ gol urib, 15+ assist bergan ilk futbolchi bo‘ldi

«Liverpul» forvardi Muhammad Saloh APL 29-turidan o‘rin olgan «Aston Villa«ga qarshi o‘yinda (2:2) gol va samarali uzatma muallifiga aylandi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida 32 yoshli misrlik futbolchi hisobni ochdi.

61-daqiqala esa Trent Aleksandr-Arnoldga assistentlik qildi va yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Saloh 2018/19 yilgi mavsumda Eden Azardan keyin APL bir mavsumida kamida 15 ta gol urgan va kamida 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan birinchi futbolchiga aylandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter