«Manchester Siti» «PSJ»ning 100 million yevrolik futbolchisiga qiziqish bildirgandi

«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri qishki transferlar vaqtida «Manchester Siti» radarlarida bo‘ldi.

«Shaharliklar» 60 mln yevroga tushgan «Portu» futbolchisi Niko Gonsales bilan markaziy chiziqni kuchaytirdi. Football Transfers nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolanishidan oldin «Siti» rahbariyati Zair-Emerini sotib olish variantini ko‘rib chiqayotgan edi. «PSJ» 18 yoshli xavbek uchun 100 mln yevro so‘radi va ingliz grandi kelishuvdan voz kechishga majbur bo‘ldi.

Uorren Zair-Emerining transfer narxi Transfermarkt portali tomonidan 60 mln yevroga baholangan. Parijlik yulduzning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter