YECHL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar e’lon qilindi

Yevropa chempionlar ligasining pley-off bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan javob o‘yinlari yakunlari bo‘yicha UYEFA haftaning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogarlarni e’lon qildi.

Vitinya («PSJ» yarim himoyachisi) — «Brest»ga qarshi o‘yinda (7:0) bitta gol urdi.

Kilian Mbappe («Real»  hujumchisi) — «Manchester Siti»ga qarshi bahsda (3:1) uchta gol muallifi bo‘ldi.

Noa Lang («PSV» hujumchisi) — «Yuventus»ga qarshi uchrashuvda (3:1) jamoasining birinchi goliga assistentlik qildi.

Orkun Kekchyu («Benfika» yarim himoyachisi) — «Monako»ga qarshi o‘yinda (3:3) jamoasini keyingi bosqichga olib chiquvchi gol muallifi bo‘ldi.

Manba: stadion.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter