«Manchester Siti» fevral oyida g‘alabadan ko‘ra ko‘proq mag‘lubiyat qayd etmoqda

«Manchester Siti»da fevral oyida g‘alabalardan ko‘ra mag‘lubiyatlar ko‘proq.

Bugun Pep Gvardiola jamoasi Chempionlar ligasi pley-off javob bahsida «Real»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi – 1:3. Bir hafta oldin madridliklar ularni 3:2 hisobida mag‘lub etishgandi.

2 fevral kuni ham «shaharliklar» APL doirasida «Arsenal»ga (1:5) mag‘lub bo‘lgandi.

Shu bilan birga, 8-kuni «Man Siti» Angliya kubogida «Leyton Oriyent»ni (2:1), 15-kuni esa chempionatda «Nyukasl»ni (4:0) mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

23 fevral kuni Manchester jamoasi «Liverpul»ni qabul qilsa, uch kundan so‘ng «Tottenxem» mehmoni bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter