«Atletiko» futbolchisi Yevropa grandlarida qiziqish uyg‘otgan

Madridning «Atletiko» klubi markaziy yarim himoyachisi Pablo Barrios Yevropaning bir qator grand klublari e’tiborini tortgan.

«Marca» xabariga ko‘ra, 21 yoshli ispaniyalikni qo‘lga kiritish uchun «Bavariya«, «PSJ» va «Chelsi» kurash olib bormoqda.

Barriosning «matraschilar» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. «Transfermarkt» uni 50 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter