Rodjers: «Seltik» Chempionlar Ligasi favoritlaridan biri bilan deyarli teng o‘ynadi»
Brendan Rodjers «Seltik»ning Chempionlar ligasidan chiqib ketishiga baho berdi.
Shotlandiya klubi pley-offning javob o‘yinida «Bavariya» bilan 1:1 hisobida o‘ynadi (birinchi o‘yin 1:2).
«O‘yindan juda faxrlanaman. Bu arenaga kelib, hech qanday qo‘rqmasdan shunday ishonch bilan o‘ynash faxrlanishim uchun juda katta sababdir.
Biz favoritlardan biriga duch keldik va u bilan deyarli teng sharoitlarda o‘ynadik. Ayniqsa, uning maydonida bunchalik ko‘p vaziyatlar yaratadigan va bu qadar dadil o‘ynaydigan jamoalar kam. Faqat bitta xulosa bor: faxrlanadigan narsa bor. Biz qo‘rqmasdan o‘ynadik, himoyani juda yaxshi tashkil qildik va o‘yinni dadil o‘tkazdik», dedi «Seltik» bosh murabbiyi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/