«MYU» futbolchilari Amorimning uslublaridan norozi
«Manchester Yunayted» qiyin davrni boshdan kechirmoqda va hozirda APL turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.
Noyabr oyida jamoani qabul qilib olgan Ruben Amorim uchta markaziy himoyachidan iborat taktik modeliga amal qildi.
Shu bilan birga, Daily Mail jurnalistlarining aniqlashicha, futbolchilarning Amorim usullariga bo‘lgan ishonchi so‘nib bormoqda.
«Manchester Yunayted»da norozi o‘yinchilar borki, ular jamoa g‘alaba qozonishini murabbiyning taktik g‘alabasi emas, balki mahorat yoki omad tufayli deb hisoblaydi.
«Bu safar omadimiz keldi, ammo keyingi safar bunday bo‘lmasligi mumkin», dedi kiyinish xonasidagi futbolchilardan biri.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/