Dimitar Berbatov «MYU»ning Ruben Amorim tizimida «yo‘qolib qolgan» ikki o‘yinchisi nomini aytdi
Dimitar Berbatov o‘zining sobiq klubini ikki asosiy yulduzini Ruben Amorimning hozirgi tarkibiga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.
«Sizni ushbu tizimda qanday o‘ynaganingizga qarab baho berishadi va o‘zingiz ko‘ryapsizki, siz o‘zingizni eng yaxshi ko‘rsata olmaysiz yo taktika yoki noo‘rin pozisiya tufayli.
Biz Zirkzeening pozisiyasiz o‘ynashini, butun maydon bo‘ylab yugurishini, sarosimaga tushib qolganini va o‘zining eng yaxshi fazilatlaridan foydalanmayotganini ko‘ramiz.
Xojlund bilan ham xuddi shunday u bor kuchini bo‘shliqlarni qoplash uchun sarflaydi, chunki yarim himoya bir-biridan juda uzoqda.
Yopilishi kerak bo‘lgan katta bo‘shliqlar paydo bo‘ladi, hujumga kelganda esa kuch qolmaydi», – deydi Berbatov.
Zirkzee joriy mavsumda “Yunayted” safida barcha turnirlar doirasida 37 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan bo‘lsa, Xoylund 32 ta o‘yinda 7 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/