Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi: «Dovbikka dam olish kerak emas, uni yaxshinishi kerak»

«Roma» va Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Franchesko Grasiani «bo‘rilar»ning ukrainalik hujumchisi Artem Dovbikni tanqid qildi.

«Dovbik? Unga dam olish kerak emas, u o‘zini yaxshilashi va o‘yinda ko‘proq ishtirok etishi kerak. Men uning o‘yinidan qoniqmadim. Uning cheklovlari bor, u doim chap oyog‘i bilan o‘ynaydi va jamoadoshlari bilan ko‘p muloqot qilmaydi.

Shomurodovning o‘yinini inobatga oladigan bo‘lsak, ukrainalik futbolchining “Portu”ga qarshi o‘ynamagani sababini tushindim», — deya Grasianining so‘zlarini keltiradi Retesport.

20 fevral kuni “Roma” Yevropa ligasi pley-off bosqichida “Portu”ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazadi. Birinchi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter