«Rayo Valyekano» bosh murabbiyi: «Pedri uchun maxsus reja tuzgandik»
«Rayo Valyekano» bosh murabbiyi Inigo Peres «Barselona» yarim himoyachisi Pedrining o‘yinidan hayratga tushdi.
Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv dushanba kuni bo‘lib o‘tdi va unda kataloniyaliklar g‘alaba qozondi – 1:0. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida yarim himoyachi Pedri e’tirof etildi.
«O‘yindan oldin Pedrini zararsizlantirish bo‘yicha maxsus reja tuzdik. Uning qanday harakat qilishini, to‘pni qanday uzatishini o‘rgandik. Harakat qildik. Men u uchun xursandman, u barqarorlikka erishdi. U himoyalanishga ham, hujum qilishga ham qodir. Uning o‘yinini tomosha qilish juda yoqimli, ammo bugun emas,» – dedi Inigo Peres o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/