«Barselona» Van Deyk va Kimmix haqidagi xabarlarga javob qaytardi
OAV xabariga ko‘ra, «Barselona» yozda shartnomalari tugaydigan «Bavariya» yarim himoyachisi Joshua Kimmix va «Liverpul» markaziy himoyachisi Virjil van Deykni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini rad etgan.
Qayd etilishicha, futbolchilar vakillari o‘z mijozlari xizmatlarini kataloniyaliklar sport direktori Dekuga taklif qilishgan. Ammo portugal van Deyk va Kimmix bilan shartnoma imzolamaslikka qaror qilishdi.
Gap shundaki, «ko‘k-anorranglilar» sport bo‘limi boshlig‘i asosiy e’tiborni yosh futbolchilarni qo‘lga kiritishga qaratmoqchi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/