«Ayaks» futbolchisi klubning eng yaxshi futbolchilar orasiga qo‘shildi
Niderlandiya chempionatining 23-turi o‘tkazildi, «Ayaks» ishonchli tarzda «Erakles»ni mag‘lub etdi, raqiblari darvozasiga javobsiz to‘rtta gol kiritdi.
Stiven Bergeysning o‘yindagi golli uzatmasi uni gollar va golli uzatmalar tizimiga ko‘ra, XXI asrdagi o‘yinchilar orasida uchinchi o‘ringa olib chiqdi.
Endilikda u 115 gol va 91 golli uzatma bilan 206 ochkoga ega bo‘lib, 205 ochko to‘plagan Dirk Kuytdan o‘zib ketdi.
Ro‘yxatni Lyuk de Yong 271 ochko bilan boshqarib turibdi. Ikkinchi o‘rinni yana bir sobiq «Ayaks» futbolchisi, serbiyalik hujumchi Dushan Tadich egallagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/