Flik Kubarsining yangi shartnomasi haqida gapirdi
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub markaziy himoyachi Pau Kubarsi bilan yangi shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘lganidan xursand.
Kataloniya grandi o‘tgan haftada 18 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Yosh yulduz kelishuvi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
«Pau – haqiqatan ham o‘ziga xos o‘yinchi. U juda katta tajribaga egadek ko‘rinadi, lekin u atigi 18 yoshda. U juda yaxshi himoyalanadi va to‘p bilan ajoyib tarzda muomala qiladi,» – deya Flikning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/