«Liverpul» Bundesligadan yangi darvozabon topdi
Huquqlari Dortmundning «Borussiya» klubiga tegishli bo‘lgan shveysariyalik darvozabon Gregor Kobel Angliya Premyer-ligasining top-klubiga o‘tish imkoniyatiga ega. Bu haqda Todofichajes jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli darvozabonni sotib olishga «Liverpul» qiziqish bildirmoqda. Kobelning transfer qiymati 40 million yevroga baholanmoqda va uning «asalarilar» bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Gregor Bundesliganing joriy mavsumida «Borussiya» safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. Darvozabon 34 ta gol o‘tkazib yubordi va uchta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/