Jaka – «Bavariya» bilan durang haqida: «Bunday durang mag‘lubiyatdek tuyuladi»
«Bayer» yarim himoyachisi Granit Jaka «Bavariya»ga qarshi o‘yin (0:0) natijasidan norozi.
«Bunday durang mag‘lubiyatdek tuyuladi. Biz ajoyib o‘yin namoyish etdik, juda ko‘p gol urish imkoniyatlarini yaratdik. «Bavariya» kabi yuqori darajadagi jamoa bilan o‘yinda bunday imkoniyatlarni boy berish juda achinarli. Bugun biz g‘alaba qozonishimiz kerak edi,» – deya ta’kidladi Jaka Sky Sports’ga bergan intervyusida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/