«PSJ» 2025 yildagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda

«PSJ» qatorasiga oltinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Luis Enrike jamoasi bugun Liga 1ning 22-turida «Tuluza»ni mag‘lub etdi (1:0).

2025 yilda parijliklar turli musobaqalarda 12 ta o‘yin o‘tkazdi. Bu oraliqda ularning hisobida 11 g‘alaba va 1 durang bor.

Shuningdek, Fransiyaning amaldagi chempionlari o‘z ligasida hali mag‘lubiyatga uchramagan yagona top-chempionat ishtirokchilari bo‘lib qolmoqda. Ular Liga 1ning 22 turida 17 g‘alaba va 5 durang qayd etishgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter