«Yuventus» markaziy himoyachisi APL klubiga o‘tishni istamadi

«Yuventus» markaziy himoyachisi Federiko Gatti Angliyaga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi.

So‘nggi haftalarda 26 yoshli futbolchiga «Nottingem Forest» qiziqish bildirayotgan edi, biroq italiyalik futbolchi «o‘rmonchilar» bilan muzokaralar olib borishni istamadi – u Turin klubida uzoq vaqt qolmoqchi, deb yozadi jurnalist Nikolo Skira. «Keksa sinyora» rahbariyati futbolchi bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlashda davom etmoqda.

Federiko Gatti joriy mavsum «Yuventus» safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter