Karrager: «Chelsi» uchun YECHLga chiqa olmaslik muammo bo‘ladi»

«Liverpul»ning sobiq futbolchisi Jeymi Karragerning fikricha, «Chelsi» joriy mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasiga chiqishi shart.

«So‘nggi yillarda «Chelsi» loyihasi istiqbolli deb hisoblanardi, ammo hozir xavotirga o‘rin bor, deb o‘ylayman. O‘tgan mavsum yakunida jamoa Pochettino davrida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Menimcha, asosiy raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, o‘tgan va joriy mavsumlar o‘rtasida katta farq bo‘lmaydi.

Chempionlar ligasiga chiqa olmaslik «Chelsi» uchun muammo bo‘ladi. Klub futbolchilarga katta mablag‘ sarflamoqda», – deya Karragerning so‘zlarini keltiradi BBC.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter