Mbappe «Real»da oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lganiga munosabat bildirdi
Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe yanvar oyi yakunlariga ko‘ra jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fransuz barcha turnirlarda «qaymoqranglilar» safida yanvar oyidagi to‘qqizta o‘yinda sakkizta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Bu har doim yoqimli. Menga ovoz bergan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Yanvar oyi juda yaxshi o‘tdi, bu oyda ko‘p o‘yinlar o‘tkazdik va umid qilamanki, fevral ham muvaffaqiyatli bo‘ladi. «Real»da har bir oy muhim,» – deya Mbappening so‘zlarini keltiradi «Madrid Universal».
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/