«Chelsi»ning asosiy darvozaboni kim? Mareska javob berdi

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Enso Mareska jamoaning birinchi raqamli darvozaboni kim ekanini aytdi.

«Hozirda Premyer-ligadagi asosiy darvozabonimiz – Filip Yorgensen,» – deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.

Joriy mavsumda 22 yoshli posbon barcha turnirlarda 14 ta o‘yinda (3 ta APLda) maydonga tushib, 13 ta gol o‘tkazib yubordi va 5 marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter