«Bayer» o‘z futbolchisiga narx belgiladi
Xosep Gvardiola kelasi yozda «Manchester Siti» jamoasini qayta qurishni rejalashtirmoqda.
Ko‘rinishidan, Kevin De Bryuyne jamoani tark etadi va Gvardiola «Bayer» futbolchisi Florian Virsning jamoaga qo‘shilishini xohlaydi.
Bild o‘z sahifalarida xabar berishicha, «Bayer» hozirda 21 yoshli Virs bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
U 2026 yilning yozidan faollashtirilishi mumkin bo‘lgan 125 million yevrolik sotib olish bandini o‘z ichiga olishi mumkin.
Futbolchining maoshi sezilarli darajada oshishi mumkin. Agar Virs bilan kelishuvga erishilmasa, «Bayer» yozda futbolchini 150 million yevroga sotishga tayyor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/