Sebalyos: «Bizda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bor»
«Real» yarim himoyachisi Dani Sebalyos Chempionlar ligasida «Manchester Siti» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:2) intervyu berdi.
«Bizda dunyoning eng yaxshi futbolchisi – Vinisius Junior bor», – deya ispaniyalik yarim himoyachining so‘zlarini keltirdi Madrid Universal.
Braziliyalik vinger ikkita golli uzatmani amalga oshirgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/