Braim Dias: «Bu – «Real»

Braim Dias Chempionlar ligasida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yindan (3:2) mamnun.

«Bu hali oxiri emas, oldinda maydonimizda javob uchrashuvi bor. G‘alaba va jamoaning ishidan juda mamnunman. Biz kuchli o‘yin o‘tkazdik. Gol urganimdan va jamoaga yordam berganimdan xursandman.

Biz futbol qanday bo‘lishi mumkinligini bilamiz: siz juda yaxshi o‘ynab, mag‘lub bo‘lishingiz mumkin yoki aksincha bo‘lishi mumkin.

O‘ylaymanki, biz yaxshi o‘ynadik, bu maydonda oson emas, raqib juda kuchli. Lekin oldinda javob o‘yini bor, ish hali yakuniga yetgani yo‘q.

Biz ularning xatolaridan unumli foydalandik va xatolari natijasida ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Yaxshi jamoaviy ish.

«Bu – «Real», dunyodagi eng yaxshi klub», – dedi marokashlik futbolchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter