Mbappe 2025 yilda gol urish bo‘yicha faqat Dembeledan ortda qolmoqda
Kilian Mbappe 2025 yilda o‘zining 10-golini urdi.
«Real» hujumchisi Chempionlar ligasi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda (3:2) gol urdi.
2025 yil boshidan buyon Mbappe barcha turnirlarda 10 ta gol urgan – 6 tadan La Ligada, 2 tadan Chempionlar ligasida va Ispaniya kubogi va Superkubogida bittadan gol. Top 5 ligadagi futbolchilar orasida faqat Usmon Dembele ko‘proq gol urgan – yil boshidan buyon «PSJ» vingeri hisobida 15 ta gol bor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/