«Humo»ning pley-off bosqichidagi ilk o‘yinlarigacha bir hafta qoldi!

18 va 20 fevral kunlari soat 19:30 da «Humo Arena» muz maydonida «Humo» klubi Qozog‘iston chempionati chorak final seriyasining dastlabki ikki o‘yinini Rudniy shahrining «Gornyak» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

«Qanotlilar» kubokka erishish yo‘lida o‘z muxlislarining qo‘llab-quvvatlashiga juda muhtoj, shuning uchun sizlarni va yaqinlaringizni ushbu o‘yinlarga taklif etamiz.

Chiptalarni iticket.uz saytidan xarid qilishingiz mumkin.

Xokkey maydonida ko‘rishguncha!

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter