«Yunayted» Ederson uchun 60 million yevro to‘lashga tayyor
«Manchester Yunayted» «Atalanta» yarim himoyachisi Edersonni qo‘lga kiritish borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda.
«Qizil iblislar» braziliyalik futbolchi uchun eng ko‘p tilga olingan da’vogarlar bo‘lib, «Manchester Siti» va boshqa Premyer-liga gigantlari ham qiziqish bildirishmoqda. Jurnalist Rudi Galettining xabar berishicha, yaqin haftalarda futbolchi bo‘yicha yangi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. «Atalanta» 25 yoshli yarim himoyachini 60 million yevroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Ederson Jan-Pyero Gasperini jamoasi safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining «Atalanta» bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/