“Liverpul” kiperi London klubiga o‘tishi mumkin

Darvozabon Kaomxin Kellexer yozgi transfer oynasida “Liverpul”ni tark etishi mumkin.

Transfer News Live nashrining xabar berishicha, 26 yoshli irlandiyalik futbolchiga beshta klub qiziqish bildirmoqda.

Ro‘yxatdan «Chelsi», «Seltik», «Nottingem Forest», «Bornmut» va «Nyukasl» klublari o‘rin olgan. Kellexer «Liverpul»ning Alissondan keyingi ikkinchi darvozaboni hisoblanadi.

Georgiy Mamardashvili yozda mersisaydliklar klubiga o‘tadi, shuning uchun Kellexer Alisson ketgan taqdirda ham birinchi raqamli bo‘lish imkoniyati kam.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter