«Chelsi» «Liverpul» darvozaboni bilan qiziqmoqda

Darvozabon Kaomxin Kellexer yozgi transfer oynasida “Liverpul”ni tark etishi mumkin. 26 yoshli irlandiyalik futbolchiga beshta klub qiziqish bildirmoqda. Ro‘yxatdan «Chelsi», «Seltik», «Nottingem Forest», «Bornmut» va «Nyukasl» klublari o‘rin olgan.

Kellexer «Liverpul»ning Alissondan keyingi ikkinchi darvozabon. Georgiy Mamardashvili yozda mersisaydliklar klubiga o‘tadi, shuning uchun Kellexer Alisson ketgan taqdirda ham birinchi raqamli bo‘lish imkoniyati kam.

2024/2025 yilgi mavsumda Kaomhin Kellexer 16 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol o‘tkazib yuborgan. Nufuzli Transfermarkt portali darvozabonni 22 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter