APLning 5 klubi Kunyani sotib olmoqchi
«Vulverxempton» hujumchisi Mateus Kunyaga Angliya Premyer-ligasining bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.
Daily Mail xabariga ko‘ra, futbolchi uchun Londonning «Chelsi», «Arsenal», «Tottenxem», Birmingemning «Aston Villa» va «Nottingem Forest» klublari kurash olib borishadi. Mateusning «bo‘rilar» bilan shartnomasida tovon puli 75 million yevroni tashkil etadi.
25 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi. Hujumchi 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/