«Real» La Ligada peshqadamlikni saqlab qoldi
Madrid derbisidan keyin «Real» La Ligadagi peshqadamlikni saqlab qoldi.
Karlo Anchelotti shogirdlari Ispaniya chempionatining 23-turida «Atletiko» bilan durang o‘ynadi – 1:1.
«Real Madrid» 50 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda qoldi. «Atletiko» 49 ochko bilan ikkinchi o‘rinda.
«Barselona» 22 turdan keyin 45 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. 9 fevralda kataloniyaliklar «Sevilya» bilan to‘qnash kelishadi, agar ular g‘alaba qozonsa, peshqadam bilan farqni ikki ochkogacha qisqartiradi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/