Jorje Mendesh portugaliyalik yulduzni «Barsa»ga olib o‘tmoqchi

Nufuzli futbol agenti Jorje Mendesh «Barselona»ga yuqori darajadagi transferni tashkil qilmoqchi, deb xabar beradi «Calciomercato».

Manbaga ko‘ra, agent «Milan«ning portugaliyalik hujumchisi Rafael Leauning «ko‘k-anorranglilar» safiga o‘tishi uchun harakat qilmoqda. Mendesh yanvardagi transfer oynasida mijozi uchun yangi variantlarni qidirdi, ammo aniq hech narsa chiqmadi. Leau Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida o‘ynashi mumkin edi, biroq tomonlar transfer shartlari bo‘yicha kelisha olishmadi.

Portugaliyalikning milanliklar bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Rafaelning transfer qiymati 75 million yevroga baholanmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter