Sanya: «Ronalduning qo‘li tegsa hamma narsa tillaga aylanadi»
Sobiq futbolchi Bakari Sanyaning fikricha, Krishtianu Ronaldu qachondir “Manchester Yunayted”ga uchinchi marta keladi, lekin futbolchi sifatida emas.
«Ronaldu – futbol odami, u hamma narsaga qodir. U shunday darajaga yetdiki, qo‘li tegsa hamma narsa tillaga aylanadi.
O‘ylaymanki, u «Manchester Yunayted»ga qo‘shilganida katta ta’sir ko‘rsatgan bo‘lardi. U klub afsonasi bo‘lib qolmoqda», – dedi Sanya.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/