Merson «Arsenal»ga Keyn bilan shartnoma imzolashni maslahat berdi
Londonning «Arsenal» klubi sobiq futbolchisi Pol Mersonning fikricha, «kanonirlar» hujum chizig‘ini «Bavariya» yulduzi va Angliya terma jamoasi markaziy hujumchisi Xarri Keyn bilan kuchaytirishi mumkin.
«Arsenal» Xarrini sotib olishi mumkin. Nega yo‘q? Siz uni 65 millionga sotib olishingiz kerak. Ammo u «kanonirlar»ga hozir kerak», – deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi The Mirror.
Eslatib o‘tamiz, Keynning 65 million dollarlik tovon puli kelasi yozda faollashtiriladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/