«Liverpul» 15-bor Angliya liga kubogi finaliga chiqdi
«Liverpul» 15-marta Angliya liga kubogi finaliga chiqdi.
Arne Slot shogirdlari turnir yarim finalining javob o‘yinida «Tottenxem»ni 4:0 hisobida mag‘lub etishdi.
«Qizillar» «Nyukasl» bilan to‘qnash keladigan finalga yo‘l oldi. Uchrashuv 16 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Mersisaydliklar bungacha ushbu turnir finalida 14 marta o‘ynagan va shulardan 10 tasida g‘alaba qozongan – boshqa jamoalardan ko‘p.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/