Moratani muxlislar tanimadi
Qishki transfer oynasi vaqtida hujumchi Alvaro Morata “Milan”ni “Galatasaroy”ga almashtirdi.
Ispaniyalik futbolchi yaqinda Turkiya jamoasi safida debyut qildi va zaxiradan maydonga tushdi.
Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda kulgili va hatto g‘alati video paydo bo‘ldi. Unda “Galatasaroy” sharflari va kameralari bilan jamoa futbolchilarini kutib turgan bir guruh muxlislar aks etgan.
Bir payt Morata paydo bo‘ladi va… Futbolchining kimligini hech kim bilmagandek u e’tibordan chetda qolib ketdi.
Morata bir necha metr yurib, bir guruh muxlislarni aylanib o‘tganida, rasmiy libosdagi bir kishi u bilan suratga tushishni so‘radi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/