«Barselona» futbolchisi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi yaqinda «Alaves»ga qarshi o‘yinda boshidan jarohat olganidan keyin tiklanishda davom etmoqda.

Ispaniyalik futbolchi o‘yinning 14-daqiqasida Tomas Konechni bilan to‘qnashuvdan so‘ng almashtirildi, keyin o‘yinni davom ettira olmadi.

Diario Sport xabariga ko‘ra, Gavi hamon shifokorlar nazorati ostida va maxsus tiklanish rejasiga amal qilmoqda.

Shu sababli yarim himoyachi seshanba kuni bo‘lib o‘tgan «ko‘k-anorranglilar»ning jamoaviy mashg‘ulotini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter