Kukurelya «Vest Xem» ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi
«Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelya Premyer-ligada «Vest Xem» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bu g‘alaba biz va muxlislarimiz uchun juda muhim. Bugun jamoa o‘z xarakterini ko‘rsatdi. O‘ylaymanki, biz o‘zimizga ishonganimiz uchun uch ochkoga sazovor bo‘ldik.
Biz katta klubda o‘ynayapmiz, biz kuboklar yutishimiz kerak, o‘zimizga ishonishimiz kerak. Biz birinchi bo‘limdagi xatomizdan so‘ng o‘zimizni o‘nglab oldik va nimaga qodirligimizni ko‘rsatdik. Bugun biz jamoa sifatida, oila sifatida o‘ynadik, bu juda muhim,» – dedi Kukurelya.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/