«Roma» jamoaga ikki yangi futbolchi kelib qo‘shilganini e’lon qildi
Yarim himoyachi Lyuka Gurna-Duat «Roma»ga o‘tdi.
Italiya klubi 21 yoshli fransiyalik futbolchini «Red Bull Zalsburg»dan sotib olish imkoniyati bilan ijaraga oldi.
Gurna-Duatga «Roma»da 27-raqamli libos berildi.
Shuningdek, «Roma» «Galatasaroy»dan himoyachi Viktor Nelssonni ham ijaraga oldi. 26 yoshli daniyalikning transfer shartnomasida sotib olish imkoniyati ham mavjud.
Nelssonga yangi klubida 25-raqamli forma berildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/