Dorgu: «Amorim bilan ishlashni sabrsizlik bilan kutyapman»

Yakshanba kuni «Manchester Yunayted» Patrik Dorgu bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. «Lechche«dan Angliya klubiga o‘tgandan so‘ng, 20 yoshli daniyalik futbolchi transferiga izoh berdi.

«Men Ruben Amorim bilan ishlashni boshlashimni sabrsizlik bilan kutaman. Uning bu jamoa va kelajakdagi klub haqidagi tasavvuri hayratlanarli. Mening rivojlanishim uchun aniq reja ishlab chiqilgan va men «Manchester Yunayted» mening salohiyatimni ro‘yobga chiqarish va ulkan ambisiyalarimni amalga oshirish uchun ideal joy ekanini his qildim», – deya Dorgu so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter