«Chelsi» «Milan»ga rad javobini berdi
«Chelsi» hujumchi Joau Feliksni qanday sharoitda «Milan»ga qo‘yib yuborishi ma’lum bo‘ldi.
“Rossonerilar”ning portugaliyalik futbolchiga qiziqishi haqida gaplar yanvar oyi o‘rtalaridan beri davom etmoqda.
Insayder Janluka di Marsioning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, «Milan» «Chelsi»ga ijara shartnomasini taklif qilgan, ammo «ko‘klar» rad javobini bergan.
Manbaga ko‘ra, London klubi forvardni yo sotib olish majburiyati bilan ijaraga berish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish bilan qoniqadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/