«Atalanta» Maldini transferini juda xohlaydi
Yaqinda biz A Seriyaning uchta klubi Paolo Maldinining o‘g‘li Daniel xizmatiga da’vogarlik qilayotgani haqida xabar bergan edik, endi ma’lum bo‘lishicha, buni eng ko‘p talab qilayotgan «Atalanta» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini ekan.
Jamoa yaqinda Afrikaning eng yaxshi futbolchisi Ademola Lukmanni jarohati tufayli yo‘qotdi va endi uning o‘rniga zudlik bilan o‘rinbosar kerak. Maldini esa yaxshi variantga o‘xshaydi.
Ma’lumotni nufuzli italiyalik jurnalist Janluka di Marsio tasdiqladi. Di Marsioning fikricha, «Atalanta» uchun yana bir variant «Napoli» futbolchisi Jakomo Raspadoridir.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/