Pulishich: «Fonseka yangi ruh olib keldi»
Italiyaning «Milan» jamoasi mavsum davomida murabbiy almashdi, Paulo Fonseka o‘rnini uning hamyurti Serjiu Konseysau egalladi. «Milan» yarim himoyachisi Kristian Pulishichning fikricha, Konseysаu jamoani o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi.
«Avval aytganimdek, so‘nggi bir oy ichida jamoaning kayfiyati va ruhi o‘zgardi. Biz oxirigacha kurasha boshladik, lekin asosiy o‘zgarishlar keyinroq paydo bo‘ladi deb o‘ylayman», – dedi Pulishich.
Amerikalik yarim himoyachi jamoada 2023 yildan buyon o‘ynab kelmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/