«Arsenal» o‘z futbolchisining qizil kartochkasi borasida apellyasiya berdi
«Arsenal» Maylz Lyuis-Skellining qizil kartochkasi uchun apellyasiya berdi.
Yarim himoyachi APLning 23-turidan o‘rin olgan «Vulverxempton»ga (1:0) qarshi o‘yinda maydondan chetlatilgan edi. Lyuis-Skelli qarshi hujumni to‘xtatmoqchi bo‘lib, Mett Doertiga qo‘pollik bilan harakat qildi va himoyachini maydonga yiqitdi. Uchrashuv bosh hakami Maykl Oliver 18 yoshli futbolchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.
Hakamlar hay’ati hakamning maydonda qabul qilingan qarorini va keyingi VAR tekshiruvi natijasini tasdiqladi.
BBC nashri xabariga ko‘ra, «Arsenal» Lyuis-Skellining qizil kartochkasiga qarshi chiqdi. Agar apellyasiya qanoatlantirilmasa, futbolchi uchta o‘yinni o‘tkazib yuboradi – APL doirasidagi «Manchester Siti» va «Lester» va Angliya Liga kubogi yarim finali doirasida «Nyukasl»ga qarshi javob o‘yinini.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/