Flik: «De Yongning o‘yinidan mamnunman»
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Frenki de Yongning jamoadagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
«Men hozir nima bo‘layotganiga e’tiborimni qaratganman, qolgani Dekuning ishi. De Yong o‘z ishini qilishi kerak va men uning o‘yinidan mamnunman. Siz buni so‘nggi bir necha o‘yinda ko‘rgan bo‘lsangiz, u juda yaxshi ko‘rindi», – dedi Flik Barca Universal bilan suhbatda.
Joriy mavsumda 27 yoshli niderlandiyalik futbolchi barcha turnirlarni inobatga olgan holda 19ta o‘yinda ishtirok etib, 2ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. De Yongning «Barselona» bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt yarim himoyachining narxini 45 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/