«Atletik» futbolchisi uyiga qurolli hujum bo‘ldi
ABC’ning xabar berishicha, voqea dushanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Futbolchi rafiqasi bilan bino ichida bo‘lganida, uch qurollangan kishi «Atletik» vingerining Munguia shahridagi uyi tashqarisidagi boqqa kirgan.
Bosqinchilarni payqagan Berenger ularning kirishiga to‘sqinlik qilib, temir oynali old eshikni yopgan. Bosqinchilar temir panjarani buzib kirishga uringan, biroq bunga erisha olmagan.
Aleks bu vaqtda polisiyani chaqirgan. Bosqinchilar voqea joyidan qochib ketishgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/