«Portu»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Martin Anselmi «Portu» bosh murabbiyiga aylandi.
Argentinalik murabbiy Vitor Brunoni almashtirdi. 39 yoshli mutaxassis klub bilan 2027 yilgacha shartnoma imzoladi.
Anselmi avvalroq Meksikaning «Krus Asul» klubini boshqargan va klubning ochkolar rekordini o‘rnatgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/