Zlatan jamoadagi muhitni barqarorlashtirmoqchi bo‘ldi
Italyan jurnalisti Peppe Di Stefano Zlatan Ibrahimovichning Serxio Konseysau va Davide Kalabriyani o‘rtasidagi mojaroga aralashgani haqida gapirdi.
«Sizga aytishimiz mumkinki, Ibrahimovich Konseysau va Kalabriya o‘rtasidagi bahsga juda muvaffaqiyatli aralashdi.
Shved ularning ikkalasi bilan gaplashmoqchi bo‘ldi, keyin nima bo‘lganini tushuntirish uchun ularni kameralar qarshisiga chiqishga taklif qildi.
U o‘zining so‘nggi bayonotlaridan keyin murabbiyning o‘ziga ham ko‘proq ishonch bildirdi», – dedi jurnalist.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/