«Roma» sport direktori Dibalaning vaziyati bo‘yicha ma’lumot berdi
Hujumchi Paulo Dibalaning «Roma» bilan shartnomasi 2026 yilgacha uzaytirildi. Bu haqda Rim jamoasining sport direktori Floran Gisolfi aytib o‘tdi.
«Shartnoma uzaytirilganini rasman e’lon qilishim mumkin. Ushbu harakatdan mamnunmiz. Dibala – jamoamiz uchun muhim figura», – dedi klub rasmiysi.
Argentinalik hujumchi Rim klubi safiga 2022 yilning yozida «Yuventus»dan erkin agent maqomida kelib qo‘shilgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/