Aleksandr-Arnold «Liverpul»ning joriy mavsumdagi muvaffaqiyati haqida gapirdi
«Liverpul«ning o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold jamoasining joriy mavsumdagi muvaffaqiyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«O‘ylaymanki, biz ushbu mavsum boshidan beri jamoa va individual sifatida juda ko‘p rivojlandik. Murabbiy olib kelgan o‘yinimizda aniq o‘ziga xoslik bor. Biz uning fikrlariga ishonamiz.
Muvaffaqiyatga erishish uchun jamoadagi har bir kishi umumiy fikrga ega bo‘lishi kerak. Umid qilamanki, barchamiz mavsum yakunida nishonlaydigan narsaga egamiz», – dedi angliyalik himoyachi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/