Arteta «Arsenal» futbolchisining «MYU»ga o‘tishi mumkinligiga izoh berdi
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta markaziy himoyachi Eyden Xevenning «Manchester Yunayted»ga ketishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«Qizil iblislar» 18 yoshli futbolchi uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda, muzokaralar olib borilmoqda. «Kanonirlar» yosh markaziy himoyachi bilan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor, ammo u Manchesterga o‘tishga intilmoqda.
«Bilasizmi, men o‘yinchilar haqida gapira olmayman», dedi Arteta potensial transfer haqida izoh berishni so‘raganida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/